“ Trastbank ” Bektemir tumanida o’zining yangi filialini ochdi.

“ Trastbank ” xususiy aksiyadorlik banki 1994 yilda tashkil etilgan bo’lib, 1997 yilda o'zining birinchi Toshkentdagi  filialini ochgan. Bugungi kunga qadar mazkur moliya muassasasining 12 ta filiali yurtdoshlarimizga bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Bugun, 23 dekabr “ Trastbank ” XTB Bektemir filialining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Bektemir tumani hokimi  Tapil Maxamadziyaev , “ Trastbank ” XAB boshqaruvi raisi Sardor Normuhamedov , bank mijozlari, mahalliy aholi, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Yangi, o‘n uchinchi “ Bektemir ” filiali “Food city ” savdo markazi hududida joylashgani tadbirkorlar va bank mijozlari uchun qulaylik yaratmoqda. 


Tadbirda so‘zga chiqqanlar “Trastbank ” o‘zining muvaffaqiyatli faoliyati davomida ko‘plab yutuqlarga erishib, mamlakatimiz bank tizimida mustahkam o‘rin tutayotganini ta’kidladilar. Bektemir filialining ochilishi bilan viloyat aholisi uchun bir qator qulayliklar yaratilishi, jumladan, barcha bank xizmatlaridan foydalanishi, eng muhimi, mazkur bankning moliyaviy ko‘magida yurtdoshlarimiz ham o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini ochishlari mumkin.


Filialning yangi binosi bugungi kun talablariga, zamonaviy bank standartlariga to‘liq javob beradi, unda mijozlar va xodimlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Elektron navbatlar, bank xizmatlari haqidagi ma’lumotlar aks ettirilgan stendlar, ayirboshlash shoxobchalari shular jumlasidandir. Shuningdek, plastik kartochkalardan naqd pul yechib olish va o‘rnatilgan bankomatlar yordamida pul almashtirish mumkin.





Trastbank ” XTB Bektemir filialining asosiy maqsadi hamyurtlarimiz tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, turli bank xizmatlarini ko‘rsatishda tezkorlik va sifatli amalga oshirishdan iborat.